Yordam
Ko'p so'raladigan savollar
Didax bepulmi?+
Ha, asosiy vositalardan bepul foydalanish mumkin. Ko'proq foydalanish va qo'shimcha imkoniyatlar uchun Premium tarif bor.
Qaysi AI modellari ishlatiladi?+
Platforma Google Gemini yoki OpenAI modellari bilan ishlaydi. Xohlasangiz, o'z API kalitingizni ulab, to'g'ridan-to'g'ri o'z hisobingizdan foydalanishingiz mumkin.
Yaratilgan hujjatni topshirsam bo'ladimi?+
AI natijasi — qoralama. Uni o'qib chiqing, faktlarni tekshiring va o'z fikringiz bilan boyiting. Batafsil: mas'uliyatli foydalanish qo'llanmasi.
Adabiyotlar ro'yxatidagi manbalar haqiqiymi?+
AI ba'zan mavjud bo'lmagan manbani keltirishi mumkin. Shuning uchun Manbalar vositasi orqali haqiqiy ilmiy bazadan manba toping.
Yangi alifbo nima va qanday o'giraman?+
2026-yil 21-oktabrda qabul qilingan qonunga ko'ra lotin alifbosida oʻ → ö, gʻ → ğ, sh → ş, ch → ç bo'ldi. Alifbo o'giruvchi Word, Excel, PowerPoint fayllar va matnlarni formatlashni saqlagan holda o'giradi.
Fayllarim xavfsizmi?+
Alifbo o'giruvchida fayllar brauzeringizdan chiqmaydi. AI vositalariga yuborgan matnlar natija tayyorlash uchun AI provayderiga uzatiladi — maxfiy ma'lumotlarni kiritmang.
Kurs ishi qaysi formatda yuklanadi?+
Word (.docx) — Times New Roman 14 pt, 1,5 interval, OTM talablaridagi hoshiyalar, titul varaq va mundarija bilan.
Premium qanday to'lanadi?+
Click yoki Payme orqali, UzCard va Humo kartalari bilan. To'lovdan so'ng Premium avtomatik faollashadi.
Telegram bot bormi?+
Ha. Telegram bot orqali Word, Excel va PowerPoint fayllarni yangi alifboga o'girish va maqola olish mumkin.
Xato yoki taklif bo'lsa kimga yozaman?+
Aloqa sahifasi orqali yozing — tez orada javob beramiz.